O‘zbekistonga asosan qaysi davlat fuqarolari ko‘chib kelmoqda?

Saqlash
10:02 / 29.08.2026 306 0

Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yilning yanvar–iyun oylarida doimiy yashash maqsadida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan ko‘chib kelganlarning aniq sonini ma’lum qildi – 1 649 kishi. Buni 2025-yilning mos davriga nisbatan solishtirilsa, ko‘rsatkich 976 nafarga yoki 2,5 barobarga oshganini ko‘rish mumkin.

 

Xorijdan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning asosiy qismi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi:

▪️ Rossiya — 580 nafar;

▪️ Qozog‘iston — 362 nafar;

▪️ Tojikiston — 147 nafar;

▪️ boshqa davlatlar — 560 nafar.

 

Hududlar kesimida xorijdan ko‘chib kelganlar soni:

▪️ Toshkent shahriga — 1 089 nafar;

▪️ Toshkent viloyatiga — 269 nafar;

▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasiga — 115 nafar;

▪️ Navoiy viloyatiga — 31 nafar;

▪️ Samarqand viloyatiga — 22 nafar;

▪️ Xorazm viloyatiga — 21 nafar;

▪️ Surxondaryo viloyatiga — 18 nafar;

▪️ Sirdaryo viloyatiga — 15 nafar;

▪️ Farg‘ona viloyatiga — 15 nafar;

▪️ Buxoro viloyatiga — 13 nafar;

▪️ Namangan viloyatiga — 13 nafar;

▪️ Jizzax viloyatiga — 12 nafar;

▪️ Andijon viloyatiga — 11 nafar;

▪️ Qashqadaryo viloyatiga — 5 nafar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//