Jamiyat
Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligida alohida shtab tashkil etildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 29-avgust – 1-sentyabr kunlari mamlakatdagi tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari hamda hududlardagi 39 ta tumanlararo qoʻshma shikastlanish va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi.
Oʻz navbatida, dam olish va bayram kunlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 ga yaqin aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
29-avgust – 1-sentyabr sanalarida “103” xizmati ham odatiy ish faoliyatini davom ettiradi. Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazining mamlakatimiz boʻylab 14 ta hududiy filiali, 189 ta stansiya, 40 ta podstansiya va 1 492 ta tayanch punktida 2 900 dan ziyod tibbiy yordam brigadasi aholi hamda yurtimiz mehmonlaridan kelib tushadigan chaqiruvlar uchun doimiy shay holda boʻladi.
Bayram kunlari shuningdek, barcha tugʻruq va bolalarni davolash muassasalari ham uzluksiz ish olib boradi.
Xabarda Sogʻliqni saqlash vazirligi dam olish va bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga oʻz minnatdorligini bildirgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
113588
Jamiyat
96376
Jamiyat
93912
Jamiyat
77895
Jamiyat
//
Izoh yo‘q