Jamiyat
Yozning soʻnggi kunlarida Oʻzbekiston hududining katta qismida biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 33-38 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda 39-40 darajagacha boʻladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlarida avgust oyining soʻnggi kunlarida salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va 31-avgustga kelib kunduzgi harorat 25-30 darajagacha pasayadi. 1-sentabr kuni Oʻzbekistonning barcha hududlariga nisbatan salqin havo massalari tarqaladi, havo harorati 3-5 darajaga pasayadi.
Ushbu kunlarda asosan quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi shimolida bugun va ertaga biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarida baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
31-avgustda havo harorati kunduzi 34-36 daraja, 1-sentabrda harorat 30-32 daraja, kechasi 16-18 daraja boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
113636
Jamiyat
96443
Jamiyat
94009
Jamiyat
77969
Jamiyat
//
Izoh yo‘q