Jamiyat
Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti poliklinikasi zamonaviy tibbiy texnika va uskunalar bilan toʻliq jihozlanib, rasman foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu loyiha Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi strategik aloqalar hamda harbiy-tibbiyot va taʼlim sohalaridagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning navbatdagi namunasi sifatida amalga oshirilgan.
.jpg)
Ochilish marosimida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshligʻining birinchi oʻrinbosari general-mayor Farhodjon Shermatov, Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Smita Pant hamda harbiy xizmatchilar va faxriylar ishtirok etdi.
Tadbirda Hindiston hukumati tomonidan begʻaraz yordam sifatida ajratilgan zamonaviy diagnostika va davolash apparaturalari, ixtisoslashtirilgan reanimobil hamda Mudofaa vazirligi harbiy gospitallari uchun toʻrt toʻplam travmatologik uskunalarni rasmiy topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Infratuzilmani modernizatsiya qilish doirasida poliklinikaga umumiy qiymati 500 ming dollarga teng boʻlgan 49 turdagi 70 dan ortiq zamonaviy tibbiy uskunalar yetkazib berildi. Ular orasida raqamli rentgenograf, sutkalik monitoring apparati (Xolter), veloergometr, UZI apparati, zamonaviy stomatologiya va fizioterapiya uskunalari bor.
.jpg)
Yangi tibbiy imkoniyatlar harbiy xizmatchilar, kursantlar va ularning oila aʼzolariga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini tubdan oshirishga, shuningdek, kasalliklarni barvaqt aniqlash va samarali davolashni taʼminlashga xizmat qiladi. Yangi reanimobilning foydalanishga topshirilishi shoshilinch yordam koʻrsatish tezkorligini sezilarli darajada oshiradi.
Oʻzbekiston va Hindistonning harbiy taʼlim va tibbiyot sohasidagi sherikligi izchil rivojlanmoqda. Ilgari Hindiston koʻmagida universitetda axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik laboratoriya majmuasi tashkil etilgan edi. Bundan tashqari, hindistonlik mutaxassislar kursantlar va ofitserlarni oʻqitish jarayonida faol ishtirok etmoqda. Ushbu qoʻshma loyihalarning barcha bosqichlarida ikki mamlakat elchixonalari samarali maʼmuriy va logistik nazoratni taʼminladi.
Marosimda Hindiston hukumatiga harbiy-tibbiy hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirildi. Mudofaa aloqalarini mustahkamlashda faollik koʻrsatgan hindistonlik mutaxassislar Mudofaa vazirligining “Jangovar hamdoʻstlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida mehmonlar poliklinikada yaratilgan zamonaviy sharoitlar va yangi imkoniyatlar bilan tanishdi.
Tibbiyot muassasasining foydalanishga topshirilishi Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga koʻrsatilgan gʻamxoʻrlik va eʼtiborning navbatdagi amaliy ifodasi boʻldi.
Jamiyat
Iqtisod
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
113662
Jamiyat
96476
Jamiyat
94051
Jamiyat
78004
Jamiyat
//
Izoh yo‘q