Jamiyat
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida nishonlanayotgan O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turli sohalarda mamlakat rivoji va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol yurtdoshlar “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov so‘zga chiqib, mamlakatda ma’naviy mustaqillikni ta’minlash, milliy qadriyat va ma’naviy merosni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
.png)
Tadbir davomida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini tarannum etuvchi “O‘zbek kelayotir” videoroligi ishtirokchilarga taqdim etildi.
“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni Prezidentning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ta’sis etilgan. Mazkur nishon mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va munosib natijalarga erishgan o‘zbekistonliklarga beriladi.
.png)
Quyida vazirlik, idora, tashkilotlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati bilan tanishish mumkin:
Nabijanov Odiljon Bahodir o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Boshqaruv ishlarini tashkiliy jihatdan ta’minlash bo‘limi bosh mutaxassisi;
Kamalov Azamat Jamalovich — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
Usmanov Davron Abdukaxxarovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;
Taxirjanov Sirojiddin Dilshod o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish bo‘limi boshlig‘i;
Rajabov Sayfullo Xamdillayevich – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati rahbari;
Shukurov Bekzod Abdukayumovich – O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
Musulmonov Rustam Ravshanovich — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xalqaro adabiy aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi boshlig‘i
Mirxodjayeva Matluba Baltabayevna — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi Umumiy fondlarni saqlash xizmati rahbari;
Matibayev Taspolat Baltabayevich — O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi qoshidagi “Sihatgoh” sanatoriy profilaktoriy bosh shifokori, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor;
Sadikova Sadoyat Mavjutovna — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi xodimi;
Tojiyev Alimurod — “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharrir o‘rinbosari;
Yakubov Sobirjon Salimovich — “Tafakkur“ jurnali bosh muharrir o‘rinbosari;
Kudratov Zuxriddin Nigmatovich — “Ma’naviyat” nashriyoti davlat muassasasi bosh muharriri;
Xayrullayeva Feruza Nurmat qizi — “Oyina.uz” portali bosh muharriri
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
113636
Jamiyat
96443
Jamiyat
94008
Jamiyat
77969
Jamiyat
//
Izoh yo‘q