Respublikaning 12 ta hududiga “Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

Saqlash
15:24 / 27.08.2026 238 0

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlar uchun yana bir tuhfa — “Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi. Bu haqda Kitobxonlik jamg‘armasi xabar berdi.

 

Sara kitoblar mamlakatning 12 ta hududidagi yangi mahalla kutubxonalariga yetkazib berish uchun yuborildi.

 

 

Qayd etilishicha, ushbu ezgu tashabbus O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

 

 

Kitob karvoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Navoiy viloyatlaridagi mahalla kutubxonalari tomon yo‘l oldi.

 

 

Mazkur kutubxonalarda kitoblar uchun jami 20 600 nusxalik javon sig‘imi yaratilgan bo‘lib, yangi maskanlar mahalla aholisining kitobxonlik va ma’rifiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//