Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 35 yilligi arafasida 264 nafar shaxsni O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.
Xursanoy Jumaboyeva Tojikistonda tug‘ilgan va 26 yildan buyon Toshkent viloyatida yashab kelayotgan edi. Robiya Qahhorova esa fuqarolikni 40 yil kutganini ma’lum qildi. Boshqa fuqarolar ham bunday tashabbusdan minnatdor ekanini ta'kidladi.
Qayd etilishicha, fuqarolikka qabul qilingan 264 kishining 90 nafari Surxondaryo viloyatida istiqomat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yildan boshlab qariyb 26 ming kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
113617
Jamiyat
96420
Jamiyat
93969
Jamiyat
77945
Jamiyat
//
Izoh yo‘q