Saida Mirziyoyeva Xitoy parlamenti raisi va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Saqlash
10:07 / 27.08.2026 422 0

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

 

Muloqot davomida har ikki davlat rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni muhokama qilindi. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga ko‘tarilayotgani qayd etildi. 

 

 

“Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir”,  deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

 

 

Prezident administratsiyasi rahbari Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik izhor etdi.

 

Shuningdek Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari, Xitoy tashqi ishlar vaziri janob Van I bilan ham uchrashdi.

 

 

“O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilib, oldimizda keng imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Shu nuqtayi nazardan savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yo‘nalishlardagi munosabatlarimiz rivojini muhokama qilish alohida ahamiyat kasb etdi”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

 

 

Suhbat chog‘ida global masalalar bo‘yicha umumiy qarashlarni shakllantirishga alohida to‘xtalgani qayd etildi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//