“Fayzulla Xoʻjayev” badiiy-publitsistik filmining premyerasi oʻtkaziladi

Saqlash
17:18 / 26.08.2026 507 0

Oʻzbekistonni 13 yil boshqargan atoqli oʻzbek siyosatchisi Fayzulla Xoʻjayev haqida film suratga olindi.

 

30-avgust kuni Oʻzbekiston Milliy kino sanʻati saroyida Oʻzbekistonning ilk rahbarlaridan biri Fayzulla Xoʻjayevning hayoti, siyosiy faoliyati va fojiali taqdiriga bagʻishlangan “Fayzulla Xoʻjayev” (“Tegirmon”) badiiy-publitsistik filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.

 

Film ssenariysi va postanovkachi rejissyorligi Zulfiqor Musoqovga tegishli. Postanovkachi operator – Aziz Arziqulov, postanovkachi rassom – Mariya Soshina, bastakor – Aleksey Izvolskiy.


Shuningdek, loyiha ustida liboslar boʻyicha rassom Zuhra Gʻaniyeva, grim boʻyicha rassom Feruza Jonibekova, kinorejissyor Muzaffar Shodiyev va film direktori Kamila Matenova ishlagan.


Premyera Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan oʻtkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//