Jamiyat
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar o‘rtasida mobil telefon raqami orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish tartibi belgilandi. Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarori 24-avgust kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Hujjat bir bank hisobvaragʻidan boshqasiga toʻgʻridan-toʻgʻri pul oʻtkazmalarini (Account-to-Account, A2A) tartibga soladi. Buning uchun hisobvaraq egasi jismoniy shaxsning hisobiga bogʻlagan mobil telefon raqamidan foydalaniladi (22616 balans hisobvaragʻi).
Bir telefon raqamiga faqat bitta bank hisobvaragʻini bogʻlash mumkin. Bogʻlangan raqamlar haqidagi maʼlumotlar Bank omonatchilarining Milliy maʼlumotlar bazasi orqali yuritiladi.
Hisobvaraqni telefon raqamiga bogʻlash uchun arizalar banklarning mobil ilovalari orqali qabul qilinadi. Bogʻlash muvaffaqiyatli amalga oshirilganda, Milliy maʼlumotlar bazasi soʻrov yuborilgan bank va foydalanuvchiga maxsus bogʻlash kodini taqdim etadi.
Ushbu kod foydalanuvchini bevosita (agar uni joʻnatuvchi taqdim etsa) yoki unga bogʻlangan telefon raqami orqali aniqlash uchun ishlatiladi. Foydalanuvchi bogʻlash kodini tasdiqlaganidan soʻng telefon raqami bank hisobvaragʻiga bogʻlangan hisoblanadi.
Foydalanuvchi telefon raqamini oʻz xohishiga koʻra mobil ilova yoki bank ofisi orqali hisobvaraqdan uzishi mumkin. Bundan tashqari, bank quyidagi holatlarda bogʻlanishni mustaqil ravishda bekor qilishi mumkin:
foydalanuvchi bank ilovasidagi hisobini oʻchirsa;
u terrorizmni yoki ommaviy qirgʻin qurollarini ishlab chiqishni moliyalashtirishda ayblanuvchilar reyestriga kiritilsa.
Tezkor toʻlovlar tizimi orqali pul oʻtkazmalari mobil ilova yoki bank ofisida joʻnatuvchining toʻlov topshirigʻi asosida amalga oshirilishi mumkin. Xizmat 24/7 rejimida real vaqtning oʻzida ishlaydi.
Agar pul turli banklardagi hisobvaraqlar oʻrtasida oʻtkazilsa, joʻnatuvchi oluvchining bankini tanlashi va uning bank rekvizitlarini olishi mumkin. Joʻnatuvchining banki zarur rekvizitlarni texnik hujjatga kiritib, toʻlovni kliring tizimi orqali amalga oshirish uchun uni Tezkor toʻlovlar tizimiga yuboradi.
Agar pul bir bank ichidagi hisobvaraqlar oʻrtasida oʻtkazilsa, tranzaksiya bank ichidagi toʻlov sifatida rasmiylashtiriladi. Har ikkala holatda ham oʻtkazmani amalga oshirish uchun joʻnatuvchi va oluvchi bankining yakuniy tasdigʻi talab etiladi.
Joʻnatuvchiga oʻtkazma amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjat beriladi. Unda xizmatning sanasi va vaqti, tranzaksiyaning yagona raqami (BID), joʻnatuvchi va oluvchining ismi, hisobvaraqlari raqami, telefon raqami yoki oluvchining kodi, oʻtkazma summasi hamda komissiya miqdori koʻrsatiladi.
Tranzaksiyalarni amalga oshirishda kiberxavfsizlik va pul yuvishga qarshi kurashish talablariga rioya qilish majburiy.
Yangi qoidalar rasmiy eʼlon qilinganidan uch oy oʻtib – 26-noyabrdan kuchga kiradi
Iqtisod
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
113662
Jamiyat
96476
Jamiyat
94051
Jamiyat
78004
Jamiyat
//
Izoh yo‘q