Jamiyat
O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi saytlarning 50 dan ortig‘i bloklandi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi.
Ma’lumot berilishicha, bu 2026-yil birinchi yarmida bloklangan saytlar soni bo‘lib, bu vaqt davomida 76 ta veb-saytga chora ko‘rish bo‘yicha vakolatli organlarga so‘rov yuborilgan.
Qo‘mita o‘tgan davrda reklamalar bo‘yicha jami 13,5 mingdan ortiq o‘rganishlar o‘tkazgan bo‘lib, ularning qariyb 6 mingtasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Xususan, 545 ta dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar reklamasining 51 tasi qonun talablariga javob bermasligi aniqlangan.
250 ga yaqin holatdan 54 tasida tamaki, alkogol, elektron sigaret, pivo kabi taqiqlangan mahsulotlar reklamasi joylashtirilgani ma’lum bo‘lgan. 165 ta o‘tkazilgan monitoring orqali 82 ta holatda totalizator va bukmekerlik reklamasi qayd etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘rganishlarda katta auditoriyaga ega bo‘lgan blogerlar o‘z sahifalarida qimor va bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishdagi video-roliklarini joylashtirgan 3 nafar bloger (vayner) aniqlangan hamda ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Yuqoridagi huquqbuzarlik holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilib, 83 ta subyektga nisbatan belgilangan ta’sir choralari qo‘llanilgan. Shuningdek, ayrim dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi hamda relalizasiya qiluvchi ayrim kompaniyalar tomonidan dori vositalari reklamasida milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanilgan holatlar ham aniqlangan.
Bu qo‘mita tomonidan o‘rganilib, reklama roligi yuzasidan vakolatli davlat organidan tegishli xulosa olingan. Taqdim etilgan xulosaga ko‘ra, reklama roligining mazmuni va unda tasvirlangan holatlar axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid ekani qayd etilgan.
Qo‘mita tomonidan reklamaning ekspertiza va tahlillari o‘tkazilganda jami 18 mingdan ortiq reklamaning 25 foiziga reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga nomuvofiqligi haqida xulosalar berilgan.
2026-yil davomida qo‘mitaning OAV, Telegram guruhi va kanallar, “.uz” domenida ro‘yxatdan o‘tgan veb-saytlar adminlari hamda reklama agentliklariga, shuningdek, reklama beruvchi, tayyorlovchi, tarqatuvchi va buyurtmachilarni qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash va qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida turli soha va yo‘nalishlarda 10 mingga yaqin ogohlantirish va so‘rovlari yuborilgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
113588
Jamiyat
96376
Jamiyat
93912
Jamiyat
77895
Jamiyat
//
Izoh yo‘q