Andijonda to‘rt nafar egizak dunyoga keldi

Saqlash
13:54 / 25.08.2026 243 0

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyat filialida 4 nafar egizak tug‘ildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lumot berilishicha, Andijon tumanida istiqomat qiluvchi Dildoraxon Ahmedova 20-avgust kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan mazkur muassasaga qabul qilingan.

 

Ayolda muddatidan avval kesarcha kesish amaliyoti bajarilgan. Tug‘ruq jarayoni malakali akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan:

 

  • birinchi chaqaloq — qiz, vazni 1840 gramm;

  • ikkinchi chaqaloq — o‘g‘il, vazni 1534 gramm;

  • uchinchi chaqaloq — qiz, vazni 1584 gramm;

  • to‘rtinchi chaqaloq — qiz, vazni 1756 gramm.

 

Ayni paytda 4 nafar egizak va ularning onasi malakali tibbiyot xodimlari nazorati ostida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//