O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Saqlash
17:33 / 24.08.2026 370 0

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

 

“Ukrainadagi barcha do‘stlarimizni Mustaqillik kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!” deyilgan xabarda.

 

 

Ma’lumot uchun, 1991-yil 24-avgust kuni Ukraina mustaqilligi e’lon qilingan. Joriy yilda mamlakat mustaqillikning 35 yilligini nishonlaydi.

 

Davlat O‘zbekiston mustaqilligini 1992-yil 24-yanvarda tan olgan va o‘sha yilning 25-avgustida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//