Madaniyat
Rejissyor, senarist Shokir Xoliqovning “Fonus” qisqa metrajli filmi “5th Jordan Children & Youth’s Film Festival”ida ishtirok etib, “Hakamlar hay’atining maxsus e’tirofi” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Film Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan “Fonus” loyihasi doirasida suratga olingan 4 ta qisqa metrajli filmlardan biri hisoblanadi. Unda paxta qulligi orqali sovet tizimi siyosati ochib berilgan bo‘lib, ta’lim orqaligina Uchinchi Renessans poydevorini qo‘yish mumkinligi sof insoniy hislar bilan ifodalangan.
Iordaniya Qirollik Kino Komissiyasi tomonidan tashkil etiluvchi “Jordan Children & Youth’s Film Festival” bolalar va yoshlar kinosiga bag‘ishlangan xalqaro kinofestivaldir. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan saralangan qisqa hamda to‘liq metrajli, shuningdek, animatsion filmlar namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, mustaqillik arafasida “Fonus” loyihasi doirasida suratga olingan “Chegara” qisqa metrajli filmi ijtimoiy tarmoqlar orqali premyera qilinadi.
Avvalroq “Fonus” loyihasi haqida fikrlar bildirilgan edi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
113607
Jamiyat
96399
Jamiyat
93946
Jamiyat
77929
Jamiyat
//
Izoh yo‘q