Karim Bahriyev nomidagi stipendiya joriy qilindi

Saqlash
09:47 / 23.08.2026 2553 0

Taniqli jurnalist, isteʼdodli shoir va mohir tarjimon Karim Bahriyevning xotira kechasi oʻtkazildi.

 

Urgut tumanidagi Bahriyev taʼlim olgan 8-oʻrta umumtaʼlim maktabi kutubxonasida 22-avgust kuni ijodkor nomidagi 200 dan ortiq badiiy asarlardan iborat kitoblar burchagi, maktabdagi ustozlar, qishloqdoshlari ishtirokida xotira kechasi tashkil etildi.

 

Yangi oʻquv yilidan boshlab, shoir nomidagi ijodiy stipendiya tashkil etildi.

 

Karim Bahriyev 1962-yil 15-iyulda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻilgan, Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi va Moskva davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan.

 

U “Xoʻjalik va huquq”, “Migratsiya va xavfsizlik” jurnallariga bosh muharrirlik qilgan, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Maʼrifat” gazetalarida, “Jahon adabiyoti”, “Dugonalar” nashrlarida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, Karim Bahriyev 90 yillarning boshlarida “Hurriyat”ning bosh muharriri sifatida ham tanilgan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//