Scopusʼdagi h-indeks boʻyicha yetakchi oʻzbekistonlik olimlar oʻnligi eʼlon qilindi

Saqlash
11:46 / 22.08.2026 667 0

Scopus maʼlumotlari asosida oʻzbekistonlik olimlar orasida h-indeksi eng yuqori boʻlgan tadqiqotchilar roʻyxati shakllantirildi.

 

Royxat quyidagicha:

 

Behzod Yuldashev (marhum) – 329 ta maqola | 7 177 iqtibos | h-index 56

Dilfuza Egamberdiyeva – 66 ta maqola | 1 132 iqtibos | h-index 54

Bobomurat Ahmedov – 127 ta maqola | 2 428 iqtibos | h-index 53

Ahmadjon Abdujabbarov – 144 ta maqola | 2 931 iqtibos | h-index 51

Farruh Atamurotov – 198 ta maqola | 4 392 iqtibos | h-index 41

Valentin Popov – 155 ta maqola | 4940 iqtibos | h-index 41

Dilshat Tulyaganov – 25 ta maqola| 314 iqtibos | h-index 40

Elyor Berdimurod – 306 ta maqola| 4 262 iqtibos | h-index 38

Javlon Rayimbaev – 171 ta maqola| 3 306 iqtibos | h-index 36

Elvir Akhmetshin – 32 ta maqola| 173 sitata | h-index 35

 

H-index – olimning ilmiy mahsuldorligi va uning ishlari qanchalik koʻp iqtibos qilinishini birgalikda aks ettiruvchi koʻrsatkich hisoblanadi.

 

Roʻyxatda birinchi oʻrinda turgan akademik Behzod Yo‘ldoshev 2024-yilda vafot etgandi. Shunga qaramay, uning ilmiy ishlari xalqaro ilmiy adabiyotlarda iqtibos qilinishda hanuz davom etmoqda.

 

Maʼlumotlar Scopus bazasida 2021–2026-yillar davri boʻyicha 2026-yil 20-avgust holatiga shakllantirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//