Madaniyat
So‘z san’ati va milliy adabiy meros xalq tarixiy xotirasini avlodlar ongiga yetkazishning eng ta’sirchan vositalaridan biridir. She’riyat, musiqa va sahna tili orqali xalqning mustaqillik yo‘lidagi ko‘p asrlik yo‘li badiiy obrazlarda jonlantirilganda, u tomoshabin qalbida chuqur iz qoldiradi.

So‘nggi yillarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan milliy g‘oyalarni aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishning zamonaviy va samarali shakllariga — jumladan, teatrlashtirilgan tomoshalar va badiiy-ijodiy loyihalarga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ-120-son qaroriga 2-ilova 22-bandiga muvofiq Respublikaning taniqli ijodkorlari ishtirokida vatanga muhabbatni tarannum etuvchi “So‘z” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Shu vaqtga qadar “So‘z” loyihasi doirasida shoir va shoiralar ishtirokidagi 2 ta konsert, shuningdek, Xayriddin Sultonning “Yaldo kechasi” hamda Eshqobil Shukurning “Megapolisdan Himolay cho‘qqisigacha” kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.

Undan tashqari “So‘z” loyihasi jamoasi Jizzax viloyatining Zomin tumanida o‘tkazilgan Zomin yosh ijodkorlar seminarida “Yaldo kechasi” kitobi asosida yaratilgan sahna ko‘rinishi bilan ishtirok etdi.

21-avgust kuni Navro‘z bog‘ining etno hududida namoyish etilgan “So‘z” loyihasi doirasidagi Mustaqillik bayrami sahna tadbiri ham o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turdi.

Tomosha davomida tomoshabinlarga xalqimizning qadim turkiy davrlardan — Alp Er To‘nga, Bilga Xoqon, To‘maris kabi tarixiy siymolardan tortib, Amir Temur va temuriylar davri, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib kabi allomalar merosi, so‘ngra Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Jo‘rabek Ramazon singari ijodkorlarning she’riy asarlari orqali mustaqillikka erishuv sari bosib o‘tilgan tarixiy yo‘l sahnalashtirilgan holda taqdim etildi.

“So‘z” loyihasi doirasidagi ushbu Mustaqillik bayrami tadbiri jamiyatda milliy birlik va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, yosh avlodni tarixiy xotira ruhida tarbiyalash hamda xalqimizning mustaqillik yo‘lidagi buyuk yutuqlarini badiiy so‘z va sahna orqali keng jamoatchilikka yetkazishni maqsad qilgan.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q