Jamiyat
Samarqandda Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bо‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik tо‘yi” festivaliga start berildi. Mazkur festival doirasida ma’naviyat, ma’rifat, ilm-fan, san’at va tarixni uyg‘unlashtirgan keng kо‘lamli tadbirlar tashkil etiladi.
Dastlab viloyatning Jomboy va Toyloq tumanlarida “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari”, “Umummilliy birdamlik”, “Obod xonadon, obod mahalla”, “Shukronalik” singari loyihalar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Anjuman doirasida Samarqand davlat universitetida “Mustaqillikning 35 yilligi: milliy-ma’naviy taraqqiyot natijalari va ma’rifat targ‘ibotining ilmiy-metodik masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkaziladi. Uning doirasida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, olimlar va tadqiqotchilar tomonidan ilmiy-ma’rifiy loyihalar muhokama qilinadi. Ishtirokchilar Imom al-Buxoriy majmuasi va Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi kabi tarixiy-ma’rifiy maskanlarga tashrif buyurib, buyuk ajdodlar merosi bilan yaqindan tanishadilar.
Festival doirasida viloyatning ko‘plab tumanlarida rang-barang dasturlar tashkil etilishi nazarda tutilgan. Jumladan, Kattaqо‘rg‘on shahrida “Qahramonlar qaytadi”, “Shijoat”, “Kinokarvon” va “Shukronalik uchrashuvlari” loyihalari tashkil etiladi. Narpayda adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar va “Ma’rifat tur”, Paxtachida “Shukronalik uchrashuvlari”, adabiy-ma’rifiy muloqotlar va gala-konsert, Qо‘shrabotda esa “Ziyorat odobi” loyihasi, ma’rifiy uchrashuvlar hamda gala-konsert о‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Samarqand shahrida Hamid Olimjon nomli davlat drama va musiqa teatrida “Qahramonlar qaytadi” musiqali spektaklining premyerasi namoyish etiladi. “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va О‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi hamkorligida, “Yosh ijodkorlar sahnasi” loyihasi doirasida sahnalashtirilgan asarda Vatan ozodligi, xalqimiz jasorati va qahramonlar xotirasi badiiy talqin etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113349
Jamiyat
96082
Jamiyat
93490
Jamiyat
77434
Jamiyat
//
Izoh yo‘q