Jamiyat
Toshkent shahar hokimligi poytaxt dizayn-kodini joriy etish borasidagi yondashuv bildirilgan fikrlar asosida qayta ko‘rib chiqilishini maʼlum qildi. Hokimlik shuningdek, tadbirkorlar manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega ekanini taʼkidlagan.
Qayd etilishicha, bildirilgan konstruktiv, jumladan, tanqidiy fikr-mulohazalardan so‘ng shahar ko‘chalari qiyofasidagi o‘zgarishlarni yoritish va tadbirkorlarga dizayn-kod talablarini tushuntirishga doir yondashuv qayta ko‘rib chiqilgan. Bunda asosiy e’tibor ochiq muloqotga, ma’lumotlarni tushunarli tarzda yetkazishga va yuzaga keladigan masalalarni individual tartibda ko‘rib chiqishga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 11-mayidan 26-iyuliga qadar dizayn-kodni joriy etish ishlari poytaxtning 56 ta ko‘chasidagi 3 228 ta tadbirkorlik subyektini qamrab olgan. O‘zgarishlar bevosita ta’sir ko‘rsatgan tadbirkorlarning fikrini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar hokimligi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazdi.
Teskari aloqa natijalari ayrim hollarda talablar, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va bajariladigan ishlar ketma-ketligi o‘z vaqtida va yetarlicha tushunarli tarzda izohlanmaganini ko‘rsatgan. Hokimlik bu e’tirozlarni o‘rinli deb topib, kelgusi ishlarda inobatga olishini ma’lum qilgan.
Hozirga qadar 509 nafar tadbirkor o‘z binosi fasadini yangilab, yana 2 627 nafari bu boradagi ishlarni yakunlamoqda. Qolgan masalalar tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda individual tarzda ko‘rib chiqilish qayd etilgan.
“Vazifamiz – shunchaki fasadlarni yagona talablarga moslashtirish emas, balki bu jarayonni tadbirkorlar uchun tushunarli va adolatli tashkil etishdir. Dizayn-kod biznes uchun asossiz qiyinchiliklar yaratmasdan, poytaxtimiz qiyofasini yaxshilashi lozim”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113349
Jamiyat
96082
Jamiyat
93490
Jamiyat
77434
Jamiyat
//
Izoh yo‘q