Jahon
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Qizaloq va Maymoq” multseriali yaratuvchilariga qarshi “bolalar kontenti” niqobi ostida rossiyaparast narrativlarni tarqatayotgani tufayli sanksiya eʼlon qildi.
Bu haqdagi farmon 20-avgust kuni mamlakat prezidentining rasmiy sahifasida eʼlon qilingan. Mazkur cheklov serial ishlab chiqaruvchi Animakkord studiyasi va besh nafar rossiyalik, jumladan, mazkur studiya asoschisi va bosh direktori, ssenariy muallifi va mualliflik huquqi boʻyicha rahbarga amal qiladi.
Prezident sahifasida qayd etilishicha, “Qizaloq va maymoq” seriali “bolalar kontenti” niqobi ostida rossiyaparast gʻoyalarni ilgari surish orqali mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soladi. Taʼkidlanishicha, mazkur farmon mamlakat hududida ushbu multserial efirga uzatilishini cheklash huquqini beradi.
Estoniya TIV rahbari: “Qizaloq va Maymoq” — Kremlning yumshoq kuchi
2026-yilning iyun oyida Estoniya Tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna “Qizaloq va Maymoq” multserialini Kreml yumshoq kuchining bir qismi, deb eʼlon qilgan. Chunki u bolalar koʻngilochar dasturi orqali Rossiyaparast va milliatristik gʻoyalarni tashish bilan birga, Rossiya agressiyasi va imperatorlik ambitsiyalarini normallashtirishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113349
Jamiyat
96082
Jamiyat
93490
Jamiyat
77434
Jamiyat
//
Izoh yo‘q