Timur Ismoilov IIV vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Saqlash
09:17 / 21.08.2026 206 0

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Timur Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV xabar berdi. 

 

Xabarga ko‘ra. unga jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha istiqbolli vazifalar yuklatilgan. Shu sababli Timur Ismoilov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

 

Timur Ismoilov 1983-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. U ichki ishlar organlari tizimida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarida, shuningdek, IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham xizmat qilgan.

 

Bugunga qadar u Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//