Jamiyat
20-avgustdan Toshkent shahri uzra Avion laboratoriya havo kemasi yordamida rejali parvoz tekshiruvlari amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zaeronavigatsiya” markazi ma’lumot berdi.
Xabarda keltirilishicha, bu navbatdagi rejali parvoz tekshiruvi bo‘lib, ICAO Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti hamda O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasining amaldagi me’yoriy hujjatlariga muvofiq, radiotexnik vositalarining belgilangan talablarga muvofiqligini hamda havo kemalarining xavfsiz va muntazam parvozini ta’minlash maqsadida Avia Navigatsiya kompaniyasining Diamond laboratoriya havo kemasi yordamida amalga oshiriladi.
Ushbu rejali parvozlar bir necha kun davom etadi. Tekshiruv jarayonida samolyotlar poytaxt uzra taxminan 1000 metr balandlikda turli yo‘nalish va manyovrlarda 6 soatgacha parvoz qilishi mumkin. Bir hudud ustidan bir necha bor uchib o‘tishi va odatdagidan farqli manyovrlarni amalga oshirishi mumkin.
“Bu parvozlar rejali tekshiruv jarayonining bir qismi bo‘lib, xavotirlanish uchun hech qanday asos yo‘q”, deyiladi markaz xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
113334
Jamiyat
96061
Jamiyat
93426
Jamiyat
77384
Jamiyat
//
Izoh yo‘q