Bo‘ka tumaniga yangi hokimi tayinlandi

Saqlash
12:29 / 20.08.2026 334 0

Xabar berilishicha, Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev  tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi maqsad va vazifalarning ijrosi yuzasidan tahliliy ma’ruza qildi.

 

Bo‘ka tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sardor Isakulov avvalroq boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mazkur lavozimdan ozod etilgan edi.

 

Zoyir Mirzayev Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga  ayni paytda “Agrobank” ATB Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i  vazifasida ishlab kelgan Abdazimov Murod Ilhomovich nomzodini tavsiya qildi.

 

Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi Murod Abdazimovni tuman  hokimi etib tasdiqladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//