Jamiyat
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha boshpana va ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlashning yagona tartibi belgilandi.
Endi bunday shaxslar vaqtincha boshpana va ijtimoiy moslashuv markazlariga joylashtiriladi. Markazlarga fuqarolarning o‘zi murojaat qilishi, mahalla, ichki ishlar organlari yoki boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan aniqlangan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etilishi mumkin.
Markazlarda shaxslarga vaqtincha boshpana va maishiy sharoit yaratish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur hollarda davolanishga yo‘naltirish, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, pasport yoki ID-karta kabi hujjatlarni tiklash, qarindoshlarini aniqlash, ishga joylashish va ayrim hollarda uy-joy masalasini hal etishga ko‘mak berish ham nazarda tutiladi.
Shaxslar markazga joylashtirilgach, ularning ma’lumotlari tegishli axborot tizimlariga kiritiladi. Ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan shaxsning holati o‘rganilib, zarur yordam choralarini o‘z ichiga olgan individual ijtimoiy moslashuv rejasi ishlab chiqiladi.
Qarorda markazda qolish muddatlari ham belgilangan. Dastlab shaxs 20 kungacha muddatga joylashtirilishi mumkin. Zaruratga qarab, qonunchilikda belgilangan tartibda uning markazda qolish muddati uzaytiriladi.
Shuningdek, shaxslarni ijtimoiy moslashtirish jarayonini monitoring qilish, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish va mas’ul xodimlarning javobgarligini belgilash mexanizmlari joriy etiladi.
Mazkur tartib muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni aniqlashdan boshlab, ularni vaqtincha joylashtirish, zarur ijtimoiy va tibbiy yordam ko‘rsatish hamda mustaqil hayotga qaytishiga ko‘maklashish jarayonlarini yagona tizim asosida tashkil etishga qaratilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
113334
Jamiyat
96061
Jamiyat
93427
Jamiyat
77385
Jamiyat
//
Izoh yo‘q