Jamiyat
Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining navbatdagi qarorida belgilab berilgan.
Qayd etilishicha, markaz Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 64-uy manzilida joylashadi. U yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Maktabgacha ta’limni rivojlantirish instituti tarkibidagi markaz sifatida faoliyat yuritadi.
Markazning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha ta’lim sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘ladi. Shuningdek, YUNESKOga a’zo davlatlarning maktabgacha ta’lim dasturlari va usullari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, bolalarni erta rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda ilg‘or tajribalarni o‘rganish ko‘zda tutilgan.
Markaz 2025-yil 30-oktyabr–13-noyabr kunlari Samarqandda o‘tkazilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Toshkent shahrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda kelgusida YUNESKO shafeligidagi II toifali institut maqomini berish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida tashkil etilmoqda.
Markaz maktabgacha ta’lim sohasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlashda yangi yondashuvlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, xalqaro trening, seminar va konferensiyalar tashkil etadi.
Uning faoliyati uchun 16 ta boshqaruv shtat birligi ajratiladi, uni muvofiqlashtirish uchun Boshqaruv kengashi tashkil etiladi, markazga esa Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
Markaz faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar 2026-yilda respublika byudjetining birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchisi sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan, 2027-yildan esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q