Noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish uchun Telegram bot ishga tushirildi

Saqlash
15:04 / 19.08.2026 186 0

Poytaxtda shaharsozlik normalari buzilishining oldini olish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida “Noqonuniy qurilish” Telegram boti ishga tushirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.


Idora xabariga ko‘ra, yangi loyiha Toshkent shahrining me’moriy qiyofasini saqlab qolish va noqonuniy qurilishlarga chek qo‘yishga qaratilgan.


Fuqarolar ko‘p qavatli uylar yon-atrofi, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohi, yashil hudud yoki boshqa jamoat joylarida noqonuniy qurilish obyektlariga guvoh bo‘lganida @noqonuniy_qurilish_bot orqali tezkor xabar yo‘llashi mumkin.

 

Bosh prokuratura aholini “o‘z mahallasi va shahar kelajagiga befarq bo‘lmasdan, jamoatchilik nazoratida faol ishtirok etishga” chaqirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//