Jamiyat
Raqobatni rivojlanish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga narxlarni asossiz oshirmaslik boʻyicha murojaat bilan chiqdi.
Idoraning qayd etishicha, respublika boʻylab umumtaʼlim maktablari, dehqon bozorlari va savdo komplekslarida mavsumiy savdo nuqtalari faoliyat yuritmoqda.
Qoʻmita ota-onalar va oʻquvchilarga xarid jarayonida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim maʼlumotlariga eʼtibor qaratishlarini tavsiya etdi.
Tadbirkorlik subyektlariga esa “Maktab bozorlari”da sotilayotgan mahsulotlarning sifati, narxlarning asosliligi, isteʼmolchilarga zarur axborotlarning taqdim etilishi hamda savdo jarayonida isteʼmolchilar huquqlariga rioya etilishi shartligini eslatib oʻtdi.
Fuqarolar narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelganida bu yuzasidan Raqobat qoʻmitasining yagona 1159 ishonch raqamiga murojaat qilishi mumkin.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q