Xorazm viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Saqlash
12:57 / 19.08.2026 312 0

Sherzod Berdiyev 19-avgust kuni Xorazm viloyati hokimiga oʻrinbosar etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʻlum qilinishicha, Berdiyev hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boʻldi. Ushbu tayinlovga qadar u Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

 

Shuningdek, Odilbek Ortiqov Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Tayinlovga qadar Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//