Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan bir guruh tadbirkorlarga mazkur mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident farmoniga muvofiq, mamlakat taraqqiyoti va eksport salohiyatini yuksaltirish, milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash, investitsiyalar jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlarni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.
.png)
Bugun, 18-avgust kuni mazkur mukofotlarni topshirish marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston ishbilarmonlari yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘z tashabbusi, bilim va tajribasi bilan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida salmoqli natijalarga erishayotgani qayd etildi.
.png)
Ular tomonidan yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilib, eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish kengaytirilmoqda, zamonaviy xizmatlar yo‘lga qo‘yilib, aholi uchun yangi ish o‘rinlari va daromad manbalari yaratilmoqda.
O‘z sohasida ilg‘or tajriba va an’analarni shakllantirayotgan, izlanuvchanligi, kreativ g‘oya va tashabbuslari bilan biznesga innovatsion texnologiyalarni olib kirayotgan tadbirkorlar safi kengayib borayotgani e’tirof etildi.
.png)
Preazident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan shakllangan ezgu an’anaga muvofiq, har yili ilg‘or tadbirkorlar yuksak mukofotlari bilan taqdirlanib kelmoqda. Joriy yil ham nomzodlarni tanlashda ishlab chiqarish va eksportni ko‘paytirish, investitsiya jalb qilish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishda aniq natija ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga alohida e’tibor qaratildi.
.png)
Marosimda davlat rahbari davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Taqdirlanganlar tadbirkorlikni doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani va ularning mehnatiga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
.png)
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113349
Jamiyat
96082
Jamiyat
93490
Jamiyat
77434
Jamiyat
//
Izoh yo‘q