Siyosat
Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotida ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun elektr va gaz uchun oldindan to‘lov 15 foizga tushirilishi aytib o‘tildi.
Ko‘p tadbirkorlar elektr energiyasi va gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov qilish aylanma mablag‘ni qisqartirayotganini bildirgan. Endi ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi.
“Umuman, energetika bo‘yicha boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartiryapmiz. Barcha tumanlarda tadbirkorlarning hozirgi ehtiyoji va ertangi rejasiga qarab ishlaydigan yangi tizim bo‘ladi”, dedi Prezident.
Kelasi yildan qurilish sohasida pudratchi va loyihachilar o‘sishini rag‘batlantiradigan yangi yondashuv joriy etiladi. Qurilish qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, har bir ishchi-soat uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida mablag‘ rejalashtiriladi.
Davlat obyektlari smetasida pudrat korxonalari uchun 7 foiz foyda ko‘zda tutiladi. Qurilish murakkabligiga qarab loyihalash ishlariga obyekt qiymatining 4-7 foizigacha mablag‘ ajratiladi.
Davlat rahbari uchinchi yo‘nalish sifatida “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish vazifasini belgiladi.
“Bugun qaysi tadbirkor qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirsa, sun’iy intellekt yordamida unumdorlikni oshirsa, tannarx bo‘yicha izlansa, ertangi bozor uniki”, dedi davlat rahbari.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93067
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q