Madaniyat
Buxoro sho‘rdanaklari Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu mahsulot ko‘p asrlik o‘zbek milliy pazandachilik va dehqonchilik an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘ziga xos ta’mi, sifati va tayyorlash usuli bilan ajralib turadigan an’anaviy mahsulotlardan biridir. Sho‘rdanak tayyorlash madaniyati Buxoro vohasida avloddan-avlodga o‘tib, bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.
“Buxoro sho‘rdanaklari”ning o‘ziga xos xususiyatlari hududning tabiiy-iqlim sharoiti, mahalliy xomashyo hamda uni tayyorlashning an’anaviy usullari bilan chambarchas bog‘liq. Tarixan ushbu mahsulot Buxoro vohasida tayyorlanib, turli hududlarga keng tarqalgan.
Uning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nomning huquqiy muhofazasini ta’minlaydi.
Mazkur geografik ko‘rsatkichning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi Buxoro viloyatining milliy gastronomik merosini asrash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, hududiy brendni rivojlantirish hamda mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan geografik hududga mansubligini hamda uning sifati, obro‘si yoki boshqa xususiyatlari aynan shu hududga xos tabiiy sharoitlar yoki inson omillari bilan bog‘liqligini ifodalovchi intellektual mulk obyektidir.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q