Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Xiva shahrida quriladigan 12,3 gektar maydonli xalqaro turistik shaharcha loyihasining taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, yangi shaharcha tarixiy meros va zamonaviy shaharsozlik yechimlarini uyg‘unlashtirgan holda quriladi. Uning me’moriy konsepsiyasida Xorazmning ko‘p asrlik shaharsozlik an’analari, jumladan, 1511-yilda Xiva xonligining ilk poytaxti bo‘lgan qadimiy Vazir shahrining tuzilishi va ko‘chalar tarmog‘idan foydalaniladi.
.png)
Majmuada mehmonxonalar, tarixiy va zamonaviy eksponatlar namoyish etiladigan muzey, milliy va xalqaro taomlar restoranlari, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi. Hududning katta qismi yashil maydonlar va sayr yo‘laklariga ajratilib, sharsharali favvoralar hamda ichki ariqlar tashkil etiladi. Avtoturargohlarda quyosh panellari o‘rnatilgan soyabonlar qurilishi ham ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot berilishicha, yangi turistik shaharcha Ichan-qal’aga tushayotgan sayyohlik yuklamasini kamaytirish, Xivada turizm xizmatlari turini kengaytirish va mehmonlarning hududda qolish muddatini uzaytirishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida minglab yangi ish o‘rinlari yaratish ham rejalashtirilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
113217
Jamiyat
95914
Jamiyat
93066
Jamiyat
77150
Jamiyat
//
Izoh yo‘q