Ilm-fan
Olimlar shakar inson evolyutsiyasida, ayniqsa ilk bosqichlarda, “markaziy” rol o‘ynaganini ta’kidlashmoqda.
Tadqiqotchilar turli gominin (odamsimon) turlarining tana o‘lchamlari va qazilma qoldiqlaridan olingan ovqatlanish ma’lumotlaridan foydalanib, ularning diyetasidagi shakar, oqsil, tola, kraxmal va yog‘ nisbatini modellashtirgan. Tahlil taxminan 4 million yillik davrni qamrab oladi.
Natijalarga ko‘ra, ilk gomininlar energiyasining 66 foizigacha qismini mevalar, shuningdek, asal kabi shirin ozuqalardan olishgan bo‘lishi mumkin. Butun evolyutsiya davomida esa gominin turlar o‘rtacha energiyasining 20–35 foizini shu turdagi oziq-ovqatlardan olishgan.
Ammo bu go‘sht yoki baliq kabi hayvon mahsulotlari muhim emas edi, degani emas. Aksincha, bu topilma ko‘pchilik tadqiqotchilarning ilk odamlar diyetasi haqidagi fikriga mos keladi, ya’ni ular ko‘pincha go‘shtga asoslangan “paleo diyeta” haqidagi ommabop tasavvurlardan farqli o‘laroq, aslida ancha aralash ovqatlangan. Gominin diyetasini o‘rganuvchi olimlar orasida deyarli hech kim qadimgi odamlarni faqat go‘shtxo‘r bo‘lgan deb hisoblamaydi.
Mutaxassislarning fikricha, bu natijalar meva va shakarning diyetamizdagi ahamiyati haqidagi tobora ko‘payib borayotgan dalillarga yana bir isbot qo‘shadi. Masalan, odam organizmi kollagen ishlab chiqarish yoki immun tizimini qo‘llab-quvvatlash kabi funksiyalar uchun mevalardagi S vitaminiga muhtoj. Bundan tashqari, ingichka ichagimiz bo‘ylab shirin ta’mni sezuvchi retseptorlar joylashgan. Shirinlikka bo‘lgan talabimiz ham bejizga paydo bo‘lmagan. Bundan kelib chiqadiki, qand insonlar uchun juda muhim narsa ekanini tan olishimiz va bu ehtiyojni muntazam qondirishimiz kerak ekan.
Ammo bu shirinlikka o‘ch bo‘lish kerakligini anglatmaydi. Aslida qadimgi odamlar qandni oson topmagan. Meva izlash va uni iste’mol qilish ma’lum bir jarayon va harakatlarni talab qilgan. Hozirgi kunda esa bu katta mashaqqat talab qilmaydi. Demak, shakar iste’moli haqida gap ketganda bugungi davrni ham hisobga olish zarur.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q