O‘zbekistonning qaysi nomoddiy madaniy meroslari YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan?

Saqlash
17:16 / 17.08.2026 374 0

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan YUNESKOning turli nomoddiy madaniy meros ro‘yxatlariga 18 ta nomoddiy madaniy meros namunasi kiritilgan.

 

Bular:

▪️ 2008-yilda “Shashmaqom”;

▪️ 2008-yilda “Boysun madaniy muhiti”;

▪️ 2009-yilda “Katta ashula”;

▪️ 2014-yilda “Askiya san’ati”;

▪️ 2016-yilda “Navro‘z”;

▪️ 2016-yilda “Palov madaniyati va an’analari”;

▪️ 2018-yilda “Xorazm raqsi – Lazgi”;

▪️ 2018-yilda “Marg‘ilon hunarmandchilik maktabi: atlas va adras to‘qish texnologiyasi”;

▪️ 2020-yilda “Miniatyura san’ati”;

▪️ 2021-yilda “Baxshi san’ati”;

▪️ 2022-yilda “An’anaviy ipakchilik”;

▪️ 2022-yilda “Nasriddin afandi latifalarini aytish” an’anasi;

▪️ 2023-yilda “O‘zbekiston kulolchilik maktablari”;

▪️ 2023-yilda “Iftor va u bilan bog‘liq ijtimoiy-madaniy an’analar”;

▪️ 2023-yilda “Naqqoshlik – kitob bezak san’ati”;

▪️ 2024-yilda “Rubob yasash va chalish san’ati”;

▪️ 2025-yilda “Qirg‘iz, qozoq va qoraqalpoq xalqlarining o‘tovlar tayyorlashga oid an’anaviy bilim va ko‘nikmalari”;

▪️ 2025-yilda “Qo‘biz yasash va ijrochilik san’ati”.

 

Xabarga ko‘ra, 2026-yil davomida “Buxoro raqsi”ni ham YUNESKOning “Insoniyat nomoddiy madaniy merosi” Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish taklif etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//