Jamiyat
Joriy yilning 1-sentyabridan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida to‘lov qoidalari qat’iylashadi.
Yangi tartibga ko‘ra, yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, brutto-shartnoma yo‘lovchi ko‘p bo‘lsa – ko‘p, kam bo‘lsa – kam daromad tamoyilidan farq qiladi. Tashuvchiga tushum yo‘lovchilardan tushgan pulga emas, shartnomada belgilangan tarif va transport xizmatining hajmiga qarab, davlat yoki buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi qaroriga asosan, 2026 yilning 1 sentyabridan boshlab yo‘lovchilar avtobusga bevosita chiqqanda yo‘l haqini to‘lashlari bo‘yicha tartib joriy qilinmoqda. Avtobusga chiqqanlaridan keyin, agar yo‘l haqini to‘lamasalar, ular chiptasiz yurgan yo‘lovchi sifatida qayd etilib, ularga nisbatan nazoratchilar tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismiga asosan jarima jazosi qo‘llanishi belgilangan. mazkur holatni aniqlash uchun har bir nazoratchida maxsus planshetlar mavjud. Maxsus planshetlar yordamida yo‘l haqini amalga oshirgan kartochkalari yoki bank kartochkalarini ushbu planshetga tekkizish orqali ularning to‘lovni amalga oshirgani yoki yo‘qligi aniqlanadi. 2026-yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida 82 mingdan ortiq yo‘lovchilar yo‘l haqini to‘lamaganliklari aniqlangan. Ushbu huquqbuzarlardan 2 milliarddan ziyod jarima pullari undirilgan”, deydi Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi direktori Muhammadjon Qahhorov.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 266-sonli qarorida tegishli idoralarga chiptasiz yurganlar uchun jarima jazosini kuchaytirish bo‘yicha taklif berish vazifasi yuklatilgan. Bugungi kunda tegishli takliflar ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritilgan.
Takliflar shundan iboratki, birinchi marotaba yo‘l haqini to‘lamaganlar uchun BHMning ikkidan bir qismi, ya’ni 220 ming so‘m, takroran sodir etilsa, BHMning bir barobari, ya’ni 440 ming so‘mgacha jarima jazosi belgilanmoqda.
Bundan asosiy maqsad – yo‘l haqi tushumining to‘liqligini ta’minlash, avtobuslar ishining shaffofligini oshirish, har bir bekat va har bir vaqt kesimida yo‘lovchilarni tushib-chiqishini aniq belgilagan holda, uning tahliliga asosan jamoat transport ishini aniq rejalashtirish hamda shu yo‘nalishlar ishini muvofiqlashtirishdir.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q