Ilm-fan
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi davomida Urganch shahridagi Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi hamda uning hududida tashkil etilgan Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Xabarga ko‘ra, texnikumni barpo etish uchun davlat byudjetidan 72,4 milliard so‘m ajratilgan. 5,2 gektar maydonda 1 ming 100 o‘ringa mo‘ljallangan ikkita o‘quv binosi, 300 o‘rinli yotoqxona, sport zali, 200 o‘rinli oshxona hamda zamonaviy jihozlangan ikkita o‘quv ustaxonasi qurilgan.
Muassasada Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Janubiy Koreyaning ilg‘or ta’lim dasturlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Dual ta’lim tizimi nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘lash imkonini beradi.

2026-2027-o‘quv yili uchun 11 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 200 nafar iqtidorli yosh imtihon asosida saralab olingan.
Ta’lim jarayoni ish beruvchilar bilan hamkorlikda tashkil etilib, bitiruvchilarning egallagan kasbi bo‘yicha ish bilan ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Texnikum Xorazm viloyatidagi boshqa kasbiy ta’lim muassasalari uchun ham zamonaviy amaliy baza vazifasini o‘taydi. Hududdagi ta’lim muassasalarining qariyb 4 ming 300 nafar o‘quvchisi bu yerdagi ustaxona va laboratoriyalarda amaliyot o‘taydi. Bunday ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich tashkil etish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari muassasa hududidagi Kasblar shaharchasini ham ko‘zdan kechirdi. Bu yerda yoshlarning qiziqishi va qobiliyatini erta aniqlash, ularni muayyan kasblarga yo‘naltirish uchun sharoit yaratilgan.
Kasblar shaharchasida “O‘zing yasab ko‘r” tamoyili asosida o‘quvchilar turli zamonaviy uskunalar bilan bevosita ishlab, amaliy ko‘nikmalar hosil qiladi. Transport va logistika, sanoat va qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi hamda “yashil” energetika kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar qamrab olingan.

Majmua yirik ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Prezident yoshlarni zamonaviy mehnat bozori talab qilayotgan kasblarga sifatli o‘qitish, ta’lim dasturlarini ish beruvchilar ehtiyojiga moslashtirib borish va bunday tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirish muhimligini ta’kidladi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q