Shtat qisqarganda ishda qolish uchun kimlar ustunlikka ega?

Saqlash
11:51 / 17.08.2026 324 0

Mehnat kodeksiga ko‘ra, shtat qisqarishi natijasida xodimlar ishdan bo‘shatilganda malaka va mehnat unumdorligi yuqoriroq xodimlar ishda qoldiriladi.

 

Jumladan, kodeksning 167-moddasiga binoan, malaka va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lganda quyidagilarga afzallik beriladi:

▪️ qaramog‘ida 2 yoki undan ko‘p kishi bo‘lgan xodimlarga;

 

▪️ oilasida mustaqil ish haqi oluvchi boshqa xodim mavjud bo‘lmaganlarga;

 

▪️ shu ish beruvchida uzoq muddat ish stajiga ega bo‘lganlarga;

 

▪️ malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda o‘qishni tamomlagan shaxslarga;

 

▪️ ushbu tashkilotda mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga uchragan shaxslarga;

 

▪️ nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

 

▪️ 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlar bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

 

▪️ mehnatdagi yutuqlari uchun rag‘batlantirishlarga ega va intizomiy jazolarga ega bo‘lmagan xodimlarga;

 

▪️ atom obyektlaridagi avariyalar oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarga.

 

Ma’lumot uchun, malaka va mehnat unumdorligi teng bo‘lgan taqdirda, hisobga olinadigan aksariyat holatlar soni bo‘yicha afzallikka ega bo‘lgan xodim ishda qolishga doir imtiyozli huquqdan foydalanadi.

 

Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning sanab o‘tilgan ketma-ketligi ahamiyatga ega emas.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//