Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Saqlash
11:14 / 17.08.2026 240 0

O‘zgidromet 21-avgustgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarining ba’zi joylarida 17–19-avgust kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

 

Ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi havo harorati +33– +38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +40– +43 darajagacha bo‘ladi. Harorat kechalari +18– +23 daraja bo‘lishi kuzatiladi.

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Shimolda 21-avgust kuni shamolning kuchayishi 22–25 m/s ga yetishi mumkin.

 

Toshkent shahrida bu haftada havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi +35 daraja atrofida, keyinchalik ish haftasining oxirigacha kechalari +20– +23 daraja, kunduz kunlari +35– +38 darajada bo‘ladi.

 

Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//