Shahrisabzga “Jahon hunarmandchilik shahri” xalqaro maqomi berildi

Saqlash
10:07 / 17.08.2026 487 0

Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan “IROQI” xalqaro kashtachilik festivalining yakuniy marosimida Butunjahon hunarmandlar kengashi AISBL (International) prezidenti Sa’ad Al-Qaddumi Shahrisabz shahri 2026-yilda kashtachilik yo‘nalishida “Jahon hunarmandchilik shahri” maqomiga sazovor bo‘lganini rasman e’lon qildi. Ushbu maqomni tasdiqlovchi xalqaro sertifikat shahar hokimi Sherzod Bo‘riyevga tantanali ravishda topshirilgan.

 

Mazkur yutuq Shahrisabzning hunarmandchilik va madaniy meros sohasidagi mavqeini xalqaro miqyosda yanada mustahkamlash, milliy hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib qilish, mahalliy ustalarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda shaharning turistik salohiyatini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Shuningdek, bu e’tirof Shahrisabz shahrini hunarmandchilik va madaniy turizmning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida xalqaro turistik bozorlarda keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//