Ko‘p kvartirali uylardan foydalanish bo‘yicha yangi talablar belgilandi

Saqlash
09:25 / 17.08.2026 354 0

Adliya vazirligi “Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

 

Mazkur hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

▪️ ko‘p kvartirali uy fasadidagi nuqsonlar (yoriqlar, qoplama va suvoqning shikastlanishi, namlik izlari kabilar) boshqarish organi tomonidan bir oy ichida bartaraf etilishi lozim;

 

▪️ yerto‘ladan o‘tuvchi magistral issiqlik tarmoqlarida nosozlik aniqlansa, boshqarish organi issiqlik ta’minoti tashkilotini xabardor qilishi va ta’mirlash uchun mutaxassislarga kirish imkoniyatini ta’minlashi kerak;

 

▪️ Sovitish va isitish qurilmalarini (konditsioner) umumiy foydalanishdagi kirish yo‘laklariga o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi;

 

Lift kabinasida liftdan foydalanish qoidalari hamda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan lavha osilishi shart:

▫️ liftning nomi (maqsadi bo‘yicha);

▫️ yuk ko‘tarish qobiliyati (ruxsat etilgan yo‘lovchilar soni bilan);

▫️ “Xavfsiz lift” elektron platformasidagi qayd raqami va davriy texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

▫️ liftlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot yoki avariya xizmati bilan aloqa qilish uchun telefon raqami.

 

Bundan tashqari, lift shaxtasi, mashina xonasi va unga kirish joyi bo‘sh va yorug‘ bo‘lishi lozim.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//