Jamiyat
15-avgust kuni tunda Uchtepa tumani “Quyi Darxon” MFY hududida sodir boʻlgan yongʻinda FVV qutqaruvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, soat 03:41da “112” tizimi orqali Toshkent shahar FVBB navbatchilik qismiga Uchtepa tumani “Quyi Darxon” MFY hududida joylashgan uylardan birida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar keladi. Yongʻinni bartaraf etish uchun shahar FVBB va FVV Maxsus qutqaruv batalyoni qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib boradi.
Dastlabki soniyalaridanoq qutqaruvchilar yongʻinni oʻchirish bilan birga, xonadonda boʻlgan aholini zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilib, ularning hayotini saqlab qoldi. Bu jarayonda FVV Maxsus qutqaruv batalyoni otryad komandirining oʻrinbosari – guruh komandiri, kapitan Boburmirzo Pardayev ham jasorat koʻrsatib, insonlar hayotini qutqardi-yu uning oʻzi qahramonlarcha halok boʻladi.
“Kapitan oʻz kasbining haqiqiy fidoyisi sifatida inson hayoti va xavfsizligini oʻz jonidan ustun qoʻyib, soʻnggi nafasiga qadar xizmat burchiga sodiq qoldi. Uning jasorati va fidoyiligi hamkasblari, qutqaruvchilik kasbi va yurtimiz ahli xotirasida hamisha saqlanib qoladi”, deyiladi xabarda.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q