Jamiyat
Qonun (OʻRQ–1164-son, 13.08.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi doirasida olishning oʻziga xos xususiyatlari belgilandi. Rejim doirasida talabgor faoliyatini maxsus elektron tizim yoki YAIDXP orqali vakolatli organga bepul xabar bergan holda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan amalga oshirishi mumkin.
Rejimning amal qilish muddati 3 oy boʻlib, ushbu muddat davomida talabgor muayyan faoliyatni (harakatni) litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi.
Talabgor “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimining amal qilish muddati davomida:
- oʻz faoliyatini litsenziya yoki ruxsat berish talablariga va shartlariga muvofiqlashtirish choralarini koʻradi;
- tegishli litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni belgilangan tartibda oladi yoxud mazkur faoliyatni (harakatlarni) tugatadi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q