Jamiyat
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Sinoptiklarga ko‘ra, kunduzgi havo harorati +37…+40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +41…+43 darajagacha bo‘ladi. Yakshanba kuni issiq biroz kuchsizlashadi, ammo hozircha uncha sezilarli bo‘lmasa-da, lekin harorat 2-3 darajaga pasayadi.
Harorat asosan kechalari +21…+26 daraja bo‘ladi.
Shu kunlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun kunduzi respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshken shahrida dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan kechalari +23…+26 daraja, kunduz kunlari bugun va ertaga +38…+40 daraja, yakshanba kuni esa +36…+38 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3−8 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10−14 metr/soniyagacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q