Jamiyat
Serbiyada qurilish sohasida faoliyat yurituvchi o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun 120 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ish vaqti 5 kunlik ish haftasida soat 7:00 dan 17:00 gacha qilib belgilangan bo‘lib, tanlab olingan nomzodlar bilan kamida 1 yil muddatga (uzaytirish imkoniyati bilan) mehnat shartnomasi tuziladi.
Talab qilinayotgan yo‘nalishlar va ish haqi miqdori:
– armaturachilar (50 ta o‘rin) — 1000 yevro;
– duradgorlar (50 ta o‘rin) — 1000 yevro;
– qurilish muhandislari (5 ta o‘rin) — 1500 yevro (fuqaro muhandisligi fakultetini tamomlagan bo‘lishi lozim);
– kran operatorlari (5 ta o‘rin) — 1200 yevro (balandlikda ishlay olish talab etiladi);
– stanok operatorlari, qurilish texnikasini boshqarish (10 ta o‘rin) — 1200 yevro.
Tanlovda tegishli yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan muassasa diplomi yoki sertifikatiga hamda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlardan ingliz tilini boshlang‘ich darajada bilish (rus tilini bilish ustunlik beradi), sudlanmaganlik, jismonan sog‘lomlik va balandlikda ishlay olish (kran operatorlari uchun) talab etiladi.
Ish beruvchi tomonidan ish vizasi va ruxsatnomasini rasmiylashtirish, O‘zbekistondan Serbiyaga uchib borish va aeroportdan transfer, yashash joyi, kuniga 2 mahal ovqatlanish hamda tibbiy sug‘urta xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Arizani onlayn shaklda ushbu havola orqali qoldirish mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 20-avgustga qadar davom etadi. Ish beruvchi bilan onlayn suhbat jarayonlari 25−28-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
113588
Jamiyat
96376
Jamiyat
93912
Jamiyat
77895
Jamiyat
//
Izoh yo‘q