Siyosat
Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida Amir Temur muzey-yodgorlik majmuasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda UzA nashri xabar berdi.
Majmua buyuk sarkardaning hayoti va merosini keng targʻib qilish, shuningdek, hududning sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qilishi koʼzda tutilgan.
Loyihaga koʻra majmuaning markazida Amir Temur haykali oʻrnatiladi. Uning atrofida zamonaviy bogʻ, muzey, kutubxona, madrasa, mehmonxona, hunarmandchilik va zargarlik doʻkonlari, milliy taomlar maskani, istirohat bogʻlari, favvoralar hamda tarixiy uslubdagi bosh kirish arkasi barpo etiladi.
Mazkur majmua aholi, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun tarixiy-maʼrifiy va turistik maskanga aylanib, milliy merosni targʻib qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Yakkabogʻ tumanining turistik jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q