Avans-bo‘nak, progressiv-ilg‘or. Qonunchilikdagi ayrim atamalar to‘liq o‘zbekcha muqobiliga almashtiriladi

Saqlash
15:53 / 12.08.2026 319 0

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 11-avgustdagi majlisida ayrim atamalar o‘zbekcha muqobillari bilan almashtirilishi ko‘zda tutilgan loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.



Ushbu qonun loyihasida qonunchilik hujjatlarida foydalanilgan ayrim atamalarni yagona shaklda qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda. Xususan, avans so‘zini – bo‘nak, markirovkani – tamg‘alash, marshrutni – yo‘nalishli, svetoforni – yo‘lchiroq, parolni – o‘ron, progressiv so‘zini esa ilg‘or deb o‘zgartirish nazarda tutilyapti.



9-iyundagi majlisda ushbu qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgandi. 11-avgustdagi majlisda so‘zga chiqqan Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim,madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi aʼzosi, deputat Barno Berdiyeva qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida birinchi o‘qishda bildirilgan taklif va tavsiyalardan kelib chiqib, loyiha yanada mukammallashtiriliganini bildirdi.

 

Majlisda qonun loyihasi bo‘yicha savollar berilib, muhokama qilinmadi. Ovoz berish orqali qabul qilindi. Qonun loyihasi qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilib va qo‘llab-quvvatlangan.


7-iyul kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan o‘zbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi so‘z va atamalarning ro‘yxatini e’lon qilgandi. Unda 41 ta xorijiy atamaning rasmiy o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//