Jamiyat
Prezident farmonlari bilan 2016-yilning dekabr oyidan hozirgi kunga qadar 25 339 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
2020-yildan 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston fuqaroligini tan olish yo‘lga qo‘yildi. 1995-yil 1-yanvar kuniga qadar respublikaga ko‘chib kelib doimiy ro‘yxatdan o‘tgan 24 456 nafarining hujjatlari ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston fuqarolik pasporti (identifikatsiya ID-karta) bilan hujjatlashtirildi.
2005-yil 1-yanvar kuniga qadar respublikaga ko‘chib kelib, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan jami 22 692 nafar shaxsning hujjatlari ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.
O‘zbekistonda kamida 15 yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxslarning hamda ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashab kelayotgan bolalarning murojaatlariga asosan jami 19 041 nafar shaxsning hujjatlari ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi bilan hujjatlashtirildi.
Bugungi kunda, O‘zbekiston fuqaroligini olish istagida bo‘lgan 1 795 nafar (shundan 401 nafari tan olish) shaxslarning murojaatlari qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q