Endi yo‘l haqini avtobusga chiqish bilanoq to‘lash majburiy bo‘ladi

Saqlash
14:57 / 11.08.2026 209 0

1-sentyabrdan shahar avtobuslarida yo‘lkirani avtobusga chiqish bilanoq to‘lash yoki imtiyozni validator orqali tasdiqlash majburiy bo‘ladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

 

Aytilishicha, yo‘l haqini transport va bank kartalari, smartfon hamda NFC, QR va boshqa texnologiyalar orqali to‘lash mumkin.

 

Shuningdek, to‘lovni chiqish vaqtida amalga oshirmagan yo‘lovchilar chiptasiz harakatlangan deb hisoblanadi va ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//