Jamiyat
7–9-avgust kunlari Xivadagi “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” majmualarida “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi. Turizm qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan festivalga 186 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmon tashrif buyurdi.
Festivalning asosiy qismi 9-avgust kuni qayd etilgan “Eng katta qovun degustatsiyasi” bo‘yicha jahon rekordi bo‘ldi. Ginnes rekordlar kitobi rasmiy sertifikatiga ko‘ra, 259 kishi bir vaqtda 10 dan ortiq qovun navini tatib ko‘rgan. Rekordni tasdiqlash jarayonida Ginnesning Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha rasmiy hakami Sheyda Subashi Gemiji ishtirok etdi.
.png)
Tadbir yakunida bosh sovrin Xiva shahar hokimligiga berildi. Yangiariq tumani hokimligi birinchi, Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Uchinchi o‘rin Urganch davlat universiteti, UzAuto‘ning Xorazm filiali va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasiga nasib etdi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112958
Jamiyat
95650
Jamiyat
92611
Jamiyat
76865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q