Behruz Karimov rasman Shveysariyaning “Lugano” jamoasiga o‘tdi

Saqlash
09:11 / 11.08.2026 153 0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Surxon” klubining 19 yoshli himoyachisi Behruz Karimov faoliyatini Shveysariya klubida davom ettiradi. U rasman “Lugano” jamoasi futbolchisi sifatida tanishtirildi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Behruz Karimov Shveysariya futbol klubi bilan 2031-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan 5 yillik shartnoma imzoladi.

 

Ma’lumot uchun, “Lugano” klubi o‘tgan mavsumda Shveysariya chempionatida “Bazel” va “Yang Boyz” kabi mashhur klublarni ortda qoldirib, 3-o‘rin sohibi bo‘lgan. Yangi mavsumda jamoa hozircha 2 ta o‘yinda 2 ta g‘alaba qayd etib, peshqadamlar safida bormoqda.

 

Behruz Karimov futbolchilik faoliyatini “Odil Junior” akademiyasida boshlagan. Yosh himoyachi 2026-yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushgan edi. Aynan mundialdagi ishonchli harakatlaridan so‘ng yosh himoyachiga Yevropa jamoalaridan jiddiy qiziqish paydo bo‘lgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//